07:44 / 31.03.2021
3597
31 mart kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda 

31 martda kunduz kuni respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyatida va kechga tomon Farg‘ona vodiysi viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba'zi joylarga tuman tushadi. Havo harorati 8-13 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Poytaxtda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo 10-12 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida kunning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Harorat kunduz kuni 2 daraja sovuq - 3 daraja iliqni tashkil etadi.

Top