09:21 / 31.03.2021
442
«Navoiy» EIZda 619,9 million dollarlik 64 ta loyiha amalga oshirilmoqda

Navoiy viloyatidagi «Navoiy» EIZda ayni kunda 291,2 million dollarlik 52 ta loyiha amalga oshirilgan. 2020 yilning 11 oyida bu yerdagi korxonalar tomonidan 2 trillion 362,7 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Joriy yilgi reja esa - 3,5 trillion so‘m. 

Kecha, 30 mart kuni Navoiy viloyati hokimligi va «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi tomonidan jurnalistlar uchun qurilish materiallari sanoat korxonalari faoliyati va ushbu yo‘nalishdagi investitsiya loyihalari bilan tanishtirish maqsadida «Navoiy» EIZga press-tur o‘tkazildi.

Unda ma'lum qilinishicha, viloyatdagi qurilish materiallari sanoati korxonalari tomonidan 2020 yilda 43,8 million dollarlik mahsulot eksport qilingan. Ushbu yo‘nalishdagi import miqdori esa 7 million dollarni tashkil qiladi.  

Hududda 2020-2022 yillarda ushbu yo‘nalishda umumiy qiymati 5 trillion 114,7 milliard so‘mlik 78 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Buning natijasida 2 669 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Press-turda jurnalistlar qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Top