09:00 / 31.03.2021
3535
Olmazor Business City turar joy majmuasidagi tijorat ko‘chmas mulkini maxsus narxda xarid qiling

Olmazor Business City turar joy majmuasidagi so‘nggi tijorat ko‘chmas mulk obektlari maxsus narxda sotilmoqda.

Olmazor Business City – bu nafaqat poytaxtdagi eng katta va keng turar joy majmualaridan biri, balki zamonaviy va aholi zich joylashgan joyda o‘z biznesingizni boshlash hamda rivojlantirish uchun istiqbolli imkoniyatdir. Tashrif buyuruvchilarning asosiy kunlik oqimini turar joy majmuasining ko‘p sonli aholisi va mehmonlari tashkil etadi. Zamonaviy yondashuv sabab majmua hududida infratuzilma yaratish uchun barcha kerakli tovar va xizmatlarni tashkil etish ko‘zda tutilgan.


Turar joy majmuasining birinchi qavatida alohida savdo maydoni tashkil etilgan. Savdo qatorlari ko‘rinishidagi tijorat maydonlari joy egalari va ularga tashrif buyuruvchilar ehtiyojlarini hisobga olgan holda loyihalangan. Har bir tijorat maskanida alohida kirish joyi bo‘lib, panorama oynalar bilan jihozlangan. Majmuadagi tijorat obektlari: kichik do‘konlar, kiyim-kechak va poyabzal butiklar, o‘rtacha formatdagi supermarketlar, dorixonalar, turli ovqatlanish shoxobchalari yoki xizmat ko‘rsatish turlari: go‘zallik saloni, mini-bank, kimyoviy tozalash va boshqalarni erkin loyihalash mumkin.

Sotuvda so‘nggi 8 ta savdo joylari qolgan. Taklif etilayotgan obektlarning maydoni 60 dan 141 kvadrat metrgachani tashkil qiladi. Ayni damda ushbu toifadagi binolar uchun maxsus narx taklif etilmoqda. Yuqori talabga ega istiqbolli ko‘chmas mulkni imtiyozli narxda xarid qilish imkoniyatini boy bermang.

Qo‘shimcha ma'lumotlarni olish uchun bizning aloqa-markazimizga qo‘ng‘iroq qilishingiz yoki saytimizga kirishingiz mumkin.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Kichik Halqa Yo‘li ko‘chasi, 5-A uy.

Mo‘ljal: Shimoliy Olmazor chorrahasi.

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunlarisiz soat 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +998 71 210 44 44

Instagram: @bizninguylar

Facebook: fb.com/bizninguylar

Telegram: t.me/bizninguylar

Sayt: bizninguylar.uz

Reklama huquqi asosida

Top