10:39 / 31.03.2021
49095
O‘zbekistonda havo harorati pasayishi kutilmoqda
Foto: KUN.UZ

1-2 aprelda O‘zbekiston hududiga Qozog‘iston orqali g‘arbiy Sibirning janubiy hududlari ustida shakllangan sovuq havo massalari kirib keladi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, 1-2 aprel kunlari respublika bo‘yicha havo harorati pasayishi kutilmoqda.

1 aprel kuni kechasi 0-5 daraja iliq, kunduz kuni 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

2 aprelda kechasi 0-2 daraja iliq, ba'zi joylarda 1-3 daraja sovuqqacha bo‘lishi mumkin, kunduz kuni 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Top