16:00 / 01.04.2021
1533
Alfraganus'da tayyor ijarachilari mavjud tijorat binolarini muddatli to‘lov va chegirmalar bilan xarid qiling

Bizning Uylar Development kompaniyasi Mirobod tumanidagi tijorat ko‘chmas mulklarini sotib olishga taqdim etilayotgan qulay sharoitlar haqida ma'lumot berdi.

Alfraganus – bu poytaxtning foydali joyida har qanday tijorat faoliyati yoki xizmat ko‘rsatish sohasini amalga oshirish uchun 110 ming kvadrat metr maydonga ega savdo majmuasi. Maskanda 32 dan 3244 kvadrat metrgacha bo‘lgan 14 turdagi tashqi fasad dizayni ega 500 dan ortiq binolar bo‘lib, tadbirkorlarga 6 metrli shift balandligiga ega binolar va ulardagi individual xususiyatlar to‘plami taklif etiladi. Baland shiftlar o‘z navbatida binolarni ikki darajali loyihalash imkoniyatini beradi. Siz bir joyning puliga ikki baravar katta maydonni yaratishingiz mumkin.

Kompaniya sotuvlarning birinchi haftalarida 24 oylik muddatli to‘lov, eng foydali narxlar, maksimal chegirmalarni taklif qiladi. Savdo markazi hududida biznes boshlamay faqatgina joy xarid qilishni istagan investorlar uchun Alfraganus Academy bo‘limi tayyor ijarachilar bazasini taklif etadi.

Alfraganus hududiga yangi tashrif buyuruvchilarni jalb qilish va ular ochiq havodagi ko‘ngilochar savdo majmuasi ichida ko‘proq sayr qilish, xaridlarni amalga oshirishlari uchun barcha shart-sharoitlar: sayr xiyobonlari, bolalar maydonchalari, ko‘ngilochar dam olish maskanlari, shuningdek favvorali markaziy maydon kabi qulayliklar tashkil etiladi.

Shuningdek, 1500 avtomobilga mo‘ljallangan aylana avtoturargoh tashrif buyuruvchilarning hududda bemalol sayr qilishlari va xaridlarni amalga oshirishlariga imkoniyat yaratadi. Aslida xaridlar avtoturargoh joyidan boshlanadi. Agar mijozingiz o‘z avtomobili uchun qulay avtoturargoh joyini topmasa, u sizning do‘koningizga yetib bormasligi mumkin.

Alfraganus – bu ayni damda foydalanish lozim bo‘lgan ulkan imkoniyat va istiqbollar!

Sotuv ofisi manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Qo‘shko‘prik ko‘chasi, 30-uy

Mo‘ljal: «UzBum», China Town restorani

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +99871 210 44 44

Sayt: alfraganus.com

Facebook: fb.com/alfraganus.tashkent

Instagram: @alfraganus.uz

Telegram: t.me/alfraganus_tashkent

Reklama huquqi asosida

Top