10:07 / 01.04.2021
1029
Andijonda yangi ko‘prik foydalanishga topshirildi

Andijon shahri Markaziy dehqon bozori hududini Registon maydoni bilan tutashtiruvchi Mustaqillik shohko‘chasida doimiy tirbandlik mavjud edi. Bugun ushbu ko‘cha uzra umumiy uzunligi 48, balandligi 5,7, kengligi 3 metr bo‘lgan ko‘prik foydalanishga topshirildi. Piyodalar uchun yer usti ko‘prigi qurilishiga 2713,6 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

Keng jamoatchilik ishtirokida o‘tgan ochilish marosimida viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov bevosita qatnashib, «Andijon ko‘priklardan foydalanish» unitar korxonasi bunyodkorlariga minnatdorlik bildirdi. Yangi bunyod etilgan ko‘prik avtomobillar harakatining uzluksizligi barobarida piyodalar xavfsizligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etishi xususida so‘z yuritdi.

Top