11:07 / 01.04.2021
1014
Chortoq tuman hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Xurshid Abdumalikov Chortoq tumani hokimining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.

Xurshid Abdumalikov Abdumutalovich 1984 yili Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2009 yili Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi – xalqaro munosabatlar. 

Mehnat faoliyatini 2009 yilda Sankt-Peterburg professor Suxanov Aleksandr Ivanovich klinikasi tizim administratorligidan boshlagan.

2018—2020 yillarda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. U 2020 yildan  Nanay ekoturizm direksiyasi davlat unitar korxonasi direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Top