10:32 / 01.04.2021
23638
Koronavirus: O‘zbekistonda yana 181 kishida koronavirus aniqlandi

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 200ga yaqin yangi holat aniqlangani va koronavirus qayd etilish ko‘rsatkichi 83 mingdan oshgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 31 mart holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 83050 (+181) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 1 nafari Andijon viloyatida,
  • 6 nafari Buxoro viloyatida,
  • 6 nafari Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari Namangan viloyatida,
  • 11 nafari Samarqand viloyatida,
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 2 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 18 nafari Toshkent viloyatida,
  • 127 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 630 nafarga etdi.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 5 nafar,
  • Namangan viloyatida 3 nafar,
  • Xorazm viloyatida 5 nafar,
  • Toshkent viloyatida 15 nafar,
  • Toshkent shahrida 124 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 81135 (+152) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1285 nafar bemor davolanmoqda, shundan 191 nafari og‘ir, 85 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Ma'lumot uchun, bugun — 1 apreldan koronavirus infeksiyasiga qarshi ommaviy emlash tadbirlariga start berildi.

Emlash jarayonlari uchun 4 ming nafardan ortiq shifokor va 11 ming nafardan ortiq o‘rta tibbiyot xodimi jalb qilingan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top