12:00 / 01.04.2021
4091
«O‘zbegim» turar joy majmuasida bayram chegirmalari!

Mamlakatimizda bahor bayrami – Navro‘zga alohida iliqlik bilan qarashadi. Ushbu bayram avlodlar o‘rtasida ham, oilalarda ham tinchlik va birdamlik qadriyatlarini kuchaytiradi. Shuning uchun Navro‘z bayrami munosabati bilan biz o‘z mijozlarimizni BAYRAMONA AKsIYa bilan xursand qilishga qaror qildik!

20 martdan 15 aprelgacha «O‘zbegim» turar joy majmuasidan xonadon sotib olib, siz 101.000.000 so‘mgacha chegirmaga ega bo‘lishingiz mumkin.

«O‘zbegim» turar joy majmuasi – Yakkasaroy tumanida, Nukus va Bobur ko‘chalari kesishmasida joylashgan. Yettita – o‘n, o‘n uch va o‘n to‘rt qavatli bloklardan iborat bo‘lib, sharqona dizayni bilan Toshkentdagi ko‘plab turar joy majmualaridan ajralib turadi. «O‘zbegim» turar joy majmuasida bir xonadan to‘rt xonagacha bo‘lgan kvartiralarni sotib olish mumkin.

Xonadonlar maydoni 48 dan 132 kv. metrgacha. Binoning dizaynida zamonaviy gumbazli milliy o‘zbek uslubidan foydalanilgan va bu turar joy majmuasiga o‘ziga xoslik va chiroy bahsh etadi. Xonadonlarda eshik va derazalar o‘rnatiladi, muhandislik kommunikatsiyalari ham o‘tkaziladi. Majmua hududida milliy uslubdagi zamonaviy va mukammal binolar barpo etilmoqda.



Aholining qulayligi va vaqtini tejash uchun kerak bo‘lgan barcha muassasalar yaqin masofada joylashgan. Masalan: zamonaviy butiklar, shinam kafe va restoranlar, zamonaviy tibbiy klinikalar, o‘quv muassasalari va madaniy-ko‘ngilochar joylar. «O‘zbegim» turar joy majmuasining hovlisi dam olishdan kundalik ishgacha o‘nlab turli xil ssenariylarni amalga oshirishga imkon beradi.

Zonalash tamoyilini qo‘llagan holda, hovlida sport bilan shug‘ullanish, oilaviy va yolg‘izlikda dam olish uchun alohida maydonlar, shuningdek barbekyu uchun ham joy ajratilgan. Bu barcha toifadagi majmua aholisining hovlida bir-birlarini bezovta qilmasdan, bemalol dam olishiga imkon yaratadi. Turar joy majmuasining bolalar maydonchasida, maktabgacha yoshdagi bolalar va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bitmas-tuganmas energiyasini to‘g‘ri sarflash uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Futbol o‘ynashni yaxshi ko‘radiganlar uchun esa, futbol maydonlari ham bor. 

Uy egalari tashvishlardan xalos bo‘lishi uchun begona avtoulovlarga kirish man etiladi, shuningdek aholi mashinalari uchun yer usti va yer osti to‘xtash joylari ajratilgan. Majmua hududi to‘sib qo‘yiladi, xavfsizlikni ta'minlash uchun domafonlar va 24/7 videokuzatuv o‘rnatiladi, faqat turar joy majmuasi aholisigina hovliga kirish huquqiga ega bo‘ladi.

«O‘zbegim» turar joy majmuasi va aksiya haqida batafsil ma'lumotni savdo ofisida yoki quyidagi telefon orqali bilib olishingiz mumkin: +998-55-500-90-90

Savdo ofisi: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Bobur va Nukus ko‘chalari kesishmasi

Sayt: uzbegimdevelopment.uz

Facebook: fb.com/UzbegimDevelopment

Instagram: @uzbegimdevelopment

Telegram: t.me/Solidity_Group

YouTube: @Uzbegim_Development

Reklama huquqi asosida

 
Top