09:56 / 01.04.2021
6154
O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni ma'lum qilindi

O‘zbekistonda, 2021 yil 1 fevral holatiga ko‘ra 3 845 462 nafar shaxs pensiya va nafaqa oladi.

«Taraqqiyot strategiyasi» markazi O‘zbekistonda 2017-2021 yillarda pensiya va nafaqa oluvchilar soni qanchalik oshib kelayotgani haqidagi ma'lumotlarni e'lon qildi.

Unga ko‘ra, so‘nggi 4 yilda O‘zbekistonda pensiya va nafaqa oluvchilar soni qariyb 20 foizga oshgan. Jumladan, ularning soni:

  • 2017 yilda – 3 141 100 nafar;
  • 2018 yilda – 3 296 700 nafar;
  • 2019 yilda – 3 484 800 nafar;
  • 2020 yilda – 3 677 700 nafarni tashkil etgan.

2021 yil 1 fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 3 845 462 nafar shaxs pensiya va nafaqa oladi. Ulardan:

  • 3 440 699 nafar shaxs pensiya;
  • 404 763 nafar shaxs nafaqa oladi.

Pensiya va nafaqa oluvchilarning 43 foizini erkaklar, 57 foizini ayollar tashkil etadi.

Pensiya oladigan shaxslarning:

  • 2 861 916 nafari yoshga doir;
  • 388 210 nafari nogironlikka doir;
  • 190 573 nafari boquvchisini yo‘qotganganlik pensiyasini oladi.

Nafaqa oluvchilarning:

  • 43 584 nafari yoshga doir;
  • 325 170 nafari nogironlikka doir;
  • 36 009 nafari boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini oladi.

Ma'lumot uchun, 2021 yil 1 fevraldan boshlab belgilangan pensiya miqdorlari qo‘yidagicha:

  • Pensiya hisoblashning bazaviy miqdori – 262 470 ming so‘m;
  • Yoshga doir eng kam pensiyalar – 513 350 so‘m;
  • Bolalikdan nogiron shaxslar nafaqasi – 513 350 so‘m;
  • Zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz shaxslarga beriladigan nafaqa miqdori – 313 030 so‘m.
Top