13:14 / 01.04.2021
6376
«Paxtakor» titul homiyligiga tanlov e'lon qilindi

Toshkentning «Paxtakor» futbol klubi titul homiyligi uchun tanlov e'lon qildi.

«O‘zbekistonning eng ko‘p sovrinlarni qo‘lga kiritgan va mashhur jamoasi libosi, stadioni va rasmiy hududlarida biznesi va xizmatlarini reklama qilishni xohlagan kompaniyalarni hamkorlikka chorlaydi. Bunda sizning reklamangiz nafaqat O‘zbekiston, balki MDH davlatlari va butun Osiyo bo‘ylab tarqaladi. Jamoamiz Chempionlar Ligasining deyarli muntazam ishtirokchisi sanaladi. Biznesingizni rivojlantirish O‘zbekiston va xalqaro bozorni reklama bilan qamrab olish sizga asqatishi tabiiy. Qolaversa, stadion tablosi va elektron reklama bannerlari joyida ham bu targ‘ibot amalga oshiriladi.

«Paxtakor» ishtirokidagi o‘yinlar O‘zbekiston va Osiyo davlatlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatib borilishi esa reklamangizni millionlab insonlar kuzatishi mumkinligini bildiradi», deyiladi klub matbuot xizmati e'lonida.

«Paxtakor» klubi titul homiysiga aylanish istagidagi talabgorlar kompaniyasi haqida ma'lumotni info@pakhtakor.uz elektron pochtasiga jo‘natishlari mumkin. Klub o‘z biznes taklifini talabgorlarga yuboradi.

Murojaat uchun telefon: +99890 3510220

Top