13:12 / 01.04.2021
2059
Surxondaryoda ayol qo‘shnisini pichoqlab, unga og‘ir tan jarohati yetkazdi

Surxondaryo viloyati Uzun tumanida uy bekasi qo‘shni ayolni pichoqlab, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, Uzun tumanining Fayzobod mahallasida yashovchi, uy bekasi A.S. mahalladoshi, S.D. (ayol) bilan oldindan o‘zaro kelishmay kelgan. 2021 yilning 24 mart kuni A.S. yashash uyida S.D. bilan o‘zaro tortishib qolib, yana janjallashgan. Oqibatda, A.S. qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan S.D.ning qorin sohasiga bir marta urib, unga tan jarohati yetkazgan.

Shifoxonada tibbiy tekshiruvlar davomida S.D. «hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir» jarohatlar olgani ma'lum bo‘lgan.

Qayd etilishicha, 25 mart kuni A.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «l» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top