07:45 / 02.04.2021
2641
Bugun O‘zbekistonda havo biroz bulutli, yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda 

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda havo biroz bulutli, yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 12-17 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 12-14 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Top