07:50 / 02.04.2021
20729

Vobkent va Boyovut tumanlari IIBga yangi boshliqlar tayinlandi

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIV Kadrlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Podpolkovnik Azimjon Yusupovich Xoliqov

Podpolkovnik Azimjon Yusupovich Xoliqov Buxoro viloyati IIB G‘ijduvon tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar A.Xoliqov Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik O‘ktamjon Yoriyevich Soyibov

Podpolkovnik O‘ktamjon Yoriyevich Soyibov Buxoro viloyati IIB Vobkent tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar O‘.Soyibov Buxoro viloyati IIB G‘ijduvon tumani bo‘yicha IIO FMB boshlig‘i v.b. lavozimida faoliyat yuritgan.

  • 2020 yil avgustidan buyon Vobkent tumani IIB boshlig‘i lavozimida podpolkovnik Azizjon Rajabovich Ashurov ishlab kelayotgandi.
Podpolkovnik Jahongir Erkinovich Abramov

Podpolkovnik Jahongir Erkinovich Abramov Sirdaryo viloyati IIB Boyovut tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar J.Abramov Sirdaryo viloyati IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

  • Boyovut tumani IIB boshlig‘i lavozimida shu vaqtgacha Husan Bekmurodov ishlab kelayotgandi.
Mavzuga oid
Top