15:20 / 02.04.2021
6069
Ikki tuman va bir shahar davlat soliq inspeksiyasiga yangi boshliqlar tayinlandi

Davlat soliq qo‘mitasi raisi buyrug‘i bilan Yangiyo‘l shahri hamda Bo‘ka va Shofirkon tumanlarida DSIga yangi boshliqlar tayinlandi. Bu haqda davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xolmurodov Alpomish Shokirovich Buxoro viloyati Shofirkon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

Xolmurodov Alpomish Shokirovich Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi

Alpomish Xolmurodov 1985 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. 2006 yilda Toshkent moliya institutini soliq va soliqqa tortish mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

A.Xolmurodov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Buxoro viloyati Shofirkon tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.

U soliq organlaridagi faoliyatini 2006 yilda Buxoro viloyati Shofirkon tumani davlat soliq inspeksiyasi Yuridik shaxslarni soliqqa tortish bo‘limi inspektori lavozimidan boshlagan.

Boboyev Ravshan Odilovich Yangiyo‘l shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Boboyev Ravshan Odilovich soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.

Ravshan Boboyev 1981 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. 2002 yilda Toshkent soliq kollejini, 2006 yilda Soliq akademiyasini soliq va soliqqa tortish mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

R.Boboyev yangi lavozimga tayinlangunga qadar Yangiyo‘l shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan edi.

U soliq organlaridagi faoliyatini 2002 yilda Toshkent viloyati Zangiota tumani davlat soliq inspeksiyasi Qisqa muddatli tekshirishlar o‘tkazish shu'basi inspektori lavozimidan boshlagan.

Alisher Erkinovich Qodirov Bo‘ka tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. 

Qodirov Alisher Erkinovich soliq xizmatining II darajali maslahatchisi.

Alisher Qodirov 1970 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. 1995 yilda Toshkent davlat universitetini, 2001 yilda Toshkent moliya institutini soliq va soliqqa tortish mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

A.Qodirov yangi lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent viloyati Bo‘ka tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan edi.

U soliq organlaridagi faoliyatini 1995 yilda Sirdaryo viloyati Guliston shahar davlat soliq inspeksiyasi Tahlil va tushumlarni nazorat qilish bo‘limi inspektori lavozimidan boshlagan.

  • Avvalroq Andijon va Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshliqlari tayinlangani xabar qilingandi.
Top