08:40 / 02.04.2021
766
Nukusda 14 ta kasb bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash markazi ochildi

Kecha, 1 aprel kuni Nukus transport kollejida Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi ochildi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati xabar berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ma'lum qilishicha, markaz 14 ta kasb bo‘yicha o‘quv reja va o‘quv dasturlari bilan to‘liq ta'minlangan. Hozirda ushbu yo‘nalishlarda 300 kishi o‘qishga qabul qilindi. Ular 3 oy davomida bilim va tajribasini oshiradi hamda o‘qish yakunida ularga sertifikat beriladi.

Markazning ochilish marosimida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Murat Kamalov va boshqa mas'ul shaxslar ishtirok etgan.

Top