Kecha, 1 aprel kuni Italiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Agostino Pinna Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi. Uni viloyat hokimi Qobil Tursunov qabul qildi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmatiga ko‘ra, uchrashuvda Navoiy viloyati va Italiya o‘rtasidagi hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish masalalari muhokama qilingan. Shuningdek, Navoiy viloyatida Italiya kompaniyalari bilan mashinasozlik va elektrotexnika sohalarida sarmoyaviy hamkorlik jadal rivojlanayotgani e'tirof etilgan.
Muzokaralar yakunida Qobil Tursunov elchiga pandemiya haqida kitob sovg‘a qilgan.