10:55 / 02.04.2021
11006
Toshkent viloyatida qizil chiroqda harakatlangani uchun to‘xtatilgan yuk avtomobili haydovchisi YPX xodimiga tosh bilan hujum qilishga urindi
Foto: YHXBB

Ijtimoiy tarmoqlarda "GAIni duxini sindirish bo‘yicha master klass" sarlavhasi ostida videolavha tarqaldi. IIV YHXBB axborot xizmati holat yuzasidan ma'lumot berdi.

Joriy yilning 31 mart kuni Toshkent viloyati IIBB YHXB YPX xodimi A.Abdurahimov 4R6 "Toshkent-Chimyon" avtomobil yo‘lining 17-kilometrida haydovchi, 1988 yilda tug‘ilgan A.S. boshqaruvidagi "DAF TE 105 XF" rusumli yuk avtomobilini svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘ida harakatlangani uchun to‘xtatgan va belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtirgan. 

 

O‘zaro muloqot vaqtida haydovchi bayonnoma tuzilganidan g‘azablanib, yerdan qo‘liga qattiq jism olib, u bilan urish niyatida inspektorni qo‘rqitmoqchi bo‘lgan. 

Mazkur holat atrofdagi fuqarolar tomonidan tasvirga olingan va ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan. 

Bildirilishicha, holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Top