14:53 / 03.04.2021
2570

Emlangan amerikaliklarga mamlakat ichida sayohat qilishga ruxsat berildi

Qayd etilishicha, xorijlik sayyohlar AQShga kelishidan oldin va kelganidan so‘ng koronavirusga test topshirishga majbur.

Foto: AP Photo/Charlie Riedel

AQSh kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) koronavirusga qarshi to‘liq emlangan fuqarolarga test topshirmasdan va karantinda bo‘lmasdan mamlakat bo‘ylab sayohat qilishga ruxsat berdi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.

Markazning ma'lumot berishicha, AQShda 100 milliondan ortiq kishi koronavirusga qarshi vaksinaning hech bo‘lmaganda bir dozasi bilan emlangan. Ikki marta emlanganlar to‘liq emlangan hisoblanadi.

Qayd etilishicha, xorijlik sayyohlar AQShga kelishidan oldin va kelganidan so‘ng koronavirusga test topshirishga majbur.

Pandemiya boshlanganidan buyon AQShda kasallik yuqtirish bilan bog‘liq 31,2 milliondan ortiq holat qayd etilgan, 566 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

Mavzuga oid
Top