19:36 / 03.04.2021
5141
Eron AQSh sanksiyalarining bosqichma-bosqich olib tashlanishiga qarshi chiqdi

6 aprel kuni Venada Eron yadroviy kelishuvi bo‘yicha qo‘shma komissiyaning uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eron hukumati yadroviy kelishuv sababli kiritilgan AQSh sanksiyalarining bosqichma-bosqich olib tashlanishiga qarshi chiqmoqda va ularning to‘liq olib tashlanishini talab qilmoqda, deb xabar berdi Press TV Eron tashqi ishlar vazirligi vakili Said Xatibzodaga tayanib.

«Bosqichma-bosqich olib tashlash rejasi ko‘rib chiqilmayapti. Eron barcha AQSh sanksiyalari olib tashlanishi siyosatida sobit», — dedi u.

6 aprel kuni Venada Eron yadroviy kelishuvi bo‘yicha qo‘shma komissiyaning uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Avvalroq Vashington Eron yadroviy dasturi bo‘yicha Venada bo‘lib o‘tadigan muzokaralarda qatnashishini ma'lum qilgandi.

CNN telekanalining xabariga ko‘ra, AQSh va Eron vakillari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri uchrashuv o‘tkazilmaydi, biroq Vashington delegatsiyasi kelishuvning boshqa ishtirokchi mamlakatlari vakillari bilan uchrashishni rejalashtirmoqda.

Top