23:25 / 03.04.2021
6794

Milliy tabiat bog‘lar va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tizimi Milliy tabiat bog‘lar va ovchilik xo‘jaliklari boshqarmasi rahbari lavozimiga Farrux Fazliyev Faxriddinovich tayinlandi.

Farrux Fazliyev Faxriddinovich 1980 yil Samarqand viloyati, Urgut tumanida tug‘ilgan, 1998 yilda Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti, Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 

U O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasida o‘z faoliyatini 2017 yilda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Kadrlarni tayyorlash va o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish ilmiy asosda tashkil etish bo‘limi boshlig‘i lavozimidan boshlagan.

Keyinchalik O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi Xalq iste'moli tovarlari ishlab chiqarish boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.

2020 yildan buyon qo‘mitaning O‘rmon mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksportni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Mavzuga oid
Top