15:32 / 03.04.2021
3032

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ayrim mahallalarni bo‘lish hisobiga yangi mahallalar tashkil etish rejalashtirilmoqda

Toshkent shahar hokimining “Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ayrim mahallalarni bo‘lish hisobiga yangi mahalla tashkil etish, nom berish hamda ularning chegaralarini o‘zgartirish va belgilash to‘g‘risida”gi qarori e'lon qilindi. Qaror normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.

Qarorda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi hududiy chegaralarni qayta ko‘rib chiqish hisobiga bo‘linayotgan hamda yangi tashkil etilayotgan mahallalarning nomlari ro‘yxati o‘rin olgan

Shuningdek, tumandagi hududiy chegaralarni qayta ko‘rib chiqish hisobiga bo‘linayotgan hamda yangi tashkil etilayotgan mahallalar chegaralari va tavsifi quyidagicha bo‘ladi

“Kamolot” mahallasi

Aholi soni: 5104 ta

Oila soni: 1489 ta

Xonadonlar soni: 1276 ta

Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bilan Feruza ko‘chasini boshlanishi bilan tutashib M.Ulug‘bek ko‘chasi 132 manzilda joylashgan “Akusherlik Genikologiya” institutini o‘z ichiga olgan holda temir yo‘l, ya'ni Toshkent-chorboq yo‘nalishi bo‘ylab shimoliy-sharq tomon M.Ulug‘bek ko‘chasi 142 uy manziligacha, so‘ngra shimoliy-sharqiy yo‘nalish bo‘ylab M.Ulug‘bek ko‘chasi 144 uyning orqa tomonidan 223-sonli o‘rta maktabning panjarali to‘sig‘igacha hamda sharqiy-g‘arbiy yo‘nalishi bo‘ylab 221-sonli o‘rta maktabgacha so‘ngra feruza mavzesi 41 uyning orqa tomonidan shimoliy-sharqiy yo‘nalishi bo‘ylab Feruza mavzesi 73 uygacha so‘ng sharqiy-g‘arbiy yo‘nalish bo‘yicha feruza ko‘chasi 10 uy yonidan o‘tib Feruza ko‘chasiga tutashadi so‘ng shimoliy-g‘arbiy yo‘nalishi bo‘ylab Toshkent-Chorboq temir yo‘liga tutashib chegara yopiladi.

“Yangi Kamolot” mahallasi

  • Aholi soni: 5946 ta
  • Oila soni: 2325 ta
  • Xonadonlar soni: 1699 ta

Feruza ko‘chasi 10 uy hamda 12 uylar oralig‘idan shimoliy yo‘nalishda Feruza mavzesi 73 uygacha borib g‘arb tomon bo‘ylab 221-223-sonli o‘rta maktab oralig‘idan feruza mavzesi 41 uygacha, so‘ngra shimoliy yo‘nalish bo‘ylab Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi 144 uygacha so‘ngra g‘arbiy yo‘nalish bo‘ylab M.Ulug‘bek ko‘chasiga chiqiladi va shimoliy sharq yo‘nalishi bo‘ylab feruza ko‘chasiga chiqiladi ya'ni GREEN APPLE market do‘konigacha so‘ng feruza ko‘chasi bo‘ylab janubiy-sharqiy yo‘nalishi bo‘ylab feruza ko‘chasi 14 uyning oxirigacha, so‘ng g‘arbiy-shimoliy yo‘nalishi bo‘ylab feruza ko‘chasi 10 uygacha boriladi hamda chegara yopiladi.

“Olmachi” mahallasi

  • Aholi: 5045 nafar       
  • Oila: 2005 ta                
  • Xonadon: 2054ta           

Parkent ko‘chasi bilan Oltintepa ko‘chasi kesishgan chorraxadan Parkent ko‘chasi bo‘ylab Chotqol bo‘ylab Chotqol ko‘chasigacha, so‘ngra shimoliy yo‘nalishda Chotqol ko‘chasi hamda Bo‘zbozor, 7 tor ko‘chasi bo‘ylab Bo‘zbozor ko‘chasigacha, so‘ngra Bo‘zbozor ko‘chasi bo‘lab Bo‘zbozor 3-tor ko‘chasigacha, so‘ngra shimoliy yo‘nalishda Bo‘zbozor 4-tor ko‘chasigacha boradi. Chegara Bo‘zbozor 4-tor ko‘chasi bo‘ylab shimoliy-g‘arbiy yo‘nalishda Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 42 uygacha borib, ushbu uyni qamrab olmagan holda Buz daxasi, 10 uy oldidan shimoliy-sharqiy yo‘nalishda Muxammad Yusuf ko‘chasi, 57b uyni hududdan tashqarida qoldirib Bo‘zbozor, 1 tor ko‘chasi bilan tutashib, ushbu ko‘cha bo‘ylab Muxammad Yusuf ko‘chasi bilan tutashadi. Muhammad Yusuf ko‘chasi bo‘ylab janubiy yo‘nalishda Mirxosilboy ko‘chasi bilan tutashadi. Mirxosilboy ko‘chasi bo‘ylab sharqiy yo‘nalishda Xirmontepa ko‘chasi bilan tutashib, so‘ngra chegara Xirmontepa ko‘chasi bo‘ylab janubiy-janubiy-sharqiy yo‘nalishda Oltintepa ko‘chasi bilan tutashadi. Oltintepa ko‘chasidan janubiy-g‘arbiy yo‘nalishda Parkent ko‘chasi bilan tutashib chegara yopiladi.

“Yangi Olmachi”mahallasi

  •  Aholi: 4524 nafar
  •  Oila: 1571 ta
  •   Xonadon: 1255 ta 

Bo‘zbozor ko‘chasi bilan Bo‘zbozor 3-tor ko‘chasi kesishgan joydan shimoliy-g‘arbiy yo‘nalishda Mirzo Ulug‘bek ko‘chasigacha, so‘ngra Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidan janubiy-g‘arbiy yo‘nalishda Parkent ko‘chasi bilan tutashadi, so‘ngra Parkent ko‘chasidan shimoliy-g‘arbiy yo‘nalishda temiryo‘l ko‘prigigacha, so‘ngra shimoliy yo‘nalishda temiryo‘l bo‘ylab Mustaqillik shox ko‘chasi bilan tutashadi, hamda ushbu ko‘cha bo‘ylab shimoliy-sharqiy yo‘nalishda Mirzo Ulug‘bek shox ko‘chasi bilan tutashadi. Ushbu nuqtadan Muxammad Yusuf ko‘chasi bilan tutashib janubiy yo‘nalishda Bo‘zbozor, 1 tor ko‘chasi bilan tutashadi. So‘ngra, Bo‘zbozor, 1 tor ko‘chasi bo‘ylab g‘arbiy yo‘nalishda Buzbozor, 1 tor ko‘chasi, 15 uyning yonidan (ushbu uyni qamrab olib) janubiy-g‘arbiy yo‘nalishda Bo‘zbozor, 4 tor ko‘chasi bilan tutashadi. Buzbozor, 4 tor ko‘chasi bo‘ylab janubiy-sharqiy yo‘nalishda Bo‘zbozor 3-tor ko‘chasigacha borib, Bo‘zbozor 3-tor ko‘chasi bo‘ylab janubiy-g‘arbiy yo‘nalishda Bo‘zbozor ko‘chasi bilan tutashib chegara yopiladi.

“Oqqo‘rg‘on” maxallasi

  • Axoli: 6830 nafar
  • Oila: 3488 ta
  • Xonadon: 1903 ta

Mudofachilar ko‘chasi bilan Oqqo‘rg‘on ko‘chasi kesishgan chorraxadan Mudofachilar ko‘chasasining o‘ng tomoni bo‘ylab Oqqo‘rg‘on 6-tor ko‘chasigacha, so‘ngra janubiy yo‘nalishda ariq bo‘ylab, Oqqo‘rg‘on 6-tor ko‘chasi 58-uygacha, Oqqo‘rg‘on 6-tor ko‘chasi 58-uy yonidan Oqqo‘rg‘on 6-tor ko‘chasi bo‘ylab Osiyo ko‘chasi ko‘p qavatli 16-uygacha, Osiyo ko‘chasining shimoliy qismi bo‘ylab Oqqo‘rg‘on ko‘chasigacha, Oqqurgon ko‘chasi bo‘ylab Mudofachilar ko‘chasi kesishmasi bilan tutashib chegara yopiladi.

“Oydin” maxallasi

  • Axoli: 2071 nafar
  • Oila: 986 ta
  • Xonadon: 591 ta

Mudofachilar ko‘chasi bilan Oqqo‘rg‘on ko‘chasi kesishgan chorraxadan Mudofachilar qo‘chasining o‘ng tomoni bo‘yilab Oqqo‘rg‘on 6-tor ko‘chasigacha, so‘ngra shimoliy yo‘nalishda ariq bo‘ylab Oqqo‘rg‘on 6-tor ko‘chasiga, so‘ngra shimoliy yo‘nalishda ariq bo‘ylab Kichik xalqa yo‘li ko‘chasi bo‘lib Yunusobod tumani chegara xududidagi Yangi tarnov ko‘chasigacha, so‘ngra Yangi tarnov ko‘chasi bo‘ylab shimoliy yo‘nalishda o‘ng taraf bo‘ylab Qo‘rg‘on ko‘chasigacha, xamda Qo‘rg‘on ko‘chasi bo‘ylab sharqiy yunalishda Yangi tarnov 1-tor ko‘chasigacha, Yangi tarnov 1-tor ko‘chasi bo‘ylab shimoliy yo‘nalishda o‘ng taraf bo‘ylab Yangi Tarnov 1-tor 8-uy xamda Yangi tarnov 1-tor 13-uy chegaralari oralig‘i bo‘ylab Katta darxon 9-uy chegarasigacha xamda Katta Darxon 9-uy chegarasi bo‘ylab Yangi tarnov 1-tor shimoliy qismigacha, Yangi Tarnov 1-tor shimoliy qismi bo‘ylab Temir yo‘lgacha, Temir yo‘l bo‘ylab Qatta Darxon hamda Kichik Xalqa yo‘li kesimasigacha xamda Katta Darxon ko‘chasining shimoliy tomoni bo‘ylab Oqqo‘rg‘on xamda Mudofachilar ko‘chasi kesishmasi bilan tutashib chegara yopiladi.

Top