17:09 / 03.04.2021
8015
Qozog‘istonda koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha rekord qayd etildi

Mamlakatda jami kasallik yuqtirish holatlari soni 251 mingdan oshgan.

Foto: Reuters

Qozog‘istonda o‘tgan sutkada 2122ta koronavirus yuqtirish holati qayd etildi.

Bu pandemiya boshlanganidan buyon sutkalik kasallanishlar bo‘yicha rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

 Avvalgi rekord 1 aprel kuni qayd etilgandi – bir sutkada 2077ta holat. Bunga qadar eng ko‘p kasallanish holati 2020 yilning 9 iyulida yuz bergandi (1962ta).

Mamlakatda jami kasallik yuqtirish holatlari soni 251 mingdan oshgan.

Avvalroq Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev koronavirus bilan bog‘liq vaziyat o‘zgarmaydigan bo‘lsa, butun hukumatni almashtirishini aytgandi.

Top