23:07 / 03.04.2021
5708
Qozog‘istonning Atirau oblastida koronavirusning ikkita yangi shtammi aniqlandi

Atirau oblasti bosh sanitar vrachi Madeniyet Tanauovning ma'lumot berishicha, respublika laboratoriyasiga mutatsiya aniqlangan 21ta namuna jo‘natilgan.

Foto: Reuters

Qozog‘istonning Atirau oblastida koronavirusning ikkita yangi shtammi aniqlandi, deb ma'lum qildi oblast sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Asxan Bayduvaliyev.

Shtammlar namunalari o‘rganish uchun mamlakat poytaxtiga yuborilgan. 

Atirau oblasti bosh sanitar vrachi Madeniyet Tanauovning ma'lumot berishicha, respublika laboratoriyasiga mutatsiya aniqlangan 21ta namuna jo‘natilgan.

Avvalroq Qozog‘istonda sutkalik kasallanishlar bo‘yicha rekord qayd etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Top