13:12 / 04.04.2021
7867
AQShda bir kunda rekord sonda odam emlandi

AQShda 3 aprel kuni koronavirusga qarshi rekord sonda - 4 mlndan ko‘proq kishi emlandi. Mamlakatda oxirgi kunlarda emlanayotganlar soni o‘rtacha  kuniga 3 mlndan oshmoqda.

“AQShning 65 yosh va undan katta aholisining to‘rtdan uch qismi vaksinaning birinchi dozasini olib bo‘ldi. Bu esa xavf guruhiga kiruvchi amerikaliklarning kasallikdan hal qiluvchi himoyasini ta'minlaydi”, deb ma'lum qilingan AQShning Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazida.

Ma'lumotlarga ko‘ra, AQShda 109 kundan beri davom etayotgan emlash kampaniyasi davomida 104 mln amerikalik (AQSh aholisining 31 foizi) vaksinaning bir dozasini, 59,9 mln amerikalik (18 foiz aholi) esa ikki dozasini olgan. AQShda Pfizer/Moderna vaksinasidan hammasi bo‘lib 161 mln doza qo‘llangan.

Shuningdek, AQShda emlanganlarga mamlakat bo‘ylab koronavirusga test topshirish va o‘zini yakkalash zaruratisiz erkin sayohat qilishga ruxsat berildi.

Top