13:22 / 04.04.2021
1701
Buxoroda «Tutqunlik» filmini tasvirga olish jarayonlariga start berildi

«O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan «Buxoriylar»  studiyasi  tomonidan «Tutqunlik» dramasining tasvirga olish ishlariga start berildi. 

«O‘zbekkino» Milliy agentligi axborot xizmatiga ko‘ra, mazkur film Suriyadan ayollar va bolalarni olib kelish bo‘yicha 2019-2020 yillarda o‘tkazilgan «Mehr» operatsiyasiga bag‘ishlanadi. 

Kinokartinada  asosan, turli vaziyatlar bilan Suriyaga borib qolgan insonlar, oilalar taqdiriga urg‘u beriladi. Yaqin Sharqqa ish izlab borgan yosh feldsher yigit, erining orqasidan borishga majbur bo‘lgan va uni yo‘qotib qo‘ygan ayol, ota-onasi Suriyaga olib ketgan 11 yoshli o‘spirin yigitcha kabi qahramonlar taqdiri haqida hikoya qilinadi.

Filmga Rashid Malikov rejissyorlik qilmoqda. Ssenariy muallifi esa Azamat Qorjovov.

Top