16:16 / 04.04.2021
65890
O‘zbekistonda 5 aprel kuni qanday ob-havo kutilayotgani ma'lum qilindi

«O‘zgidromet» 5 aprel, dushanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10 daraja iliq, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo  o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Avvalroq «O‘zgidromet» respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida 4—5 aprel kunlari kuchli yomg‘ir yog‘ishi, buning hisobiga ushbu hududlarda sel kelishi mumkinligini ma'lum qilgandi.

Top