07:56 / 05.04.2021
2959
Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda 

Bugun kunduz kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ertalab ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 13-18 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Poytaxtda ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 13-15 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 3-8 daraja iliqni tashkil etadi.

Top