16:19 / 05.04.2021
13649

Dollarning rasmiy kursi yana ko‘tarildi

Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e'lon qildi. Ushbu almashuv kurslari 6 aprel kunidan kuchga kiradi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 10,30 so‘mga qimmatlab, 10 482,97 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 27,70 so‘mga tushib, 12 308,06 so‘mga teng bo‘ldi.

Rubl kursi esa 0,15 so‘mga pasaygan va 1 rubl 137,32 so‘mni tashkil etgan.

Mavzuga oid
Top