15:27 / 05.04.2021
1189
Ispanlar mamlakatga xorijiy turistlar kiritilishiga qarshi ekanligi ma'lum bo‘ldi

So‘rovda qatnashganlarning 60 foizga yaqini mamlakatda cheklovlar bekor qilinmagunga qadar chegaralarni ochmaslik kerakligini aytgan.

Foto: Getty Images

Aksariyat ispaniyaliklar mamlakatga xorijlik turistlar kiritilishiga qarshi chiqishdi. Bu koronavirus pandemiyasi sababli kiritilgan cheklovlar bilan bog‘liq, deb yozadi El Mundo nashri Sigma Dos markazi so‘rovi natijalariga tayanib.

So‘rovda qatnashganlarning 60 foizga yaqini mamlakatda cheklovlar bekor qilinmagunga qadar chegaralarni ochmaslik kerakligini aytgan. Ishtirokchilarning 31 foizga yaqini esa xorijlik turistlar kirishini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

Shu bilan birga, aksariyat qatnashuvchilar (63,5 foiz) vaksinatsiya yozgacha pandemiyani tugatishga yordam berishiga shubha qilmoqda. Respondentlarning 29,4 foizi esa aksincha, vaksinatsiyaga ishonishini bildirgan.

So‘rovda Ispaniyaning minglab fuqarolari ishtirok etgan.

 Ispaniya hukumati 2021 yil yozi oxirigacha aholining katta qismini emlashni rejalashtirgan. Mamlakatda Moderna, Pfizer/BioNTech va AstraZeneca vaksinalari ma'qullangan.

Top