21:00 / 05.04.2021
11615
Nurobod tumaniga ayol kishi prokuror bo‘ldi
Norsuluv Soyipova

Samarqand viloyati Nurobod tumaniga ayol kishi prokuror etib tayinlandi. Bu haqda Nurobod tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, bugun Nurobod tumani hokimligi majlislar zalida viloyat prokurori R.Masharipov ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Unda tashkiliy masala ko‘rilib, Bosh prokurorining buyrug‘i bilan Norsuluv Soyipova Nurobod tumani prokurori lavozimiga tayinlangan.

N.Soyipova 1979 yilda Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, ma'lumoti oliy – huquqshunos. 2001 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. U prokuratura organlaridagi xizmat faoliyatini Samarqand tumani prokuraturasida boshlab, 2019 yildan buyon Samarqand shahar prokurorining katta yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Ma'lumot uchun, N.Soyipova ayni vaqtda Samarqand viloyatidagi yagona ayol tuman prokurori hisoblanadi.

Top