09:00 / 05.04.2021
5563

Vetnam bosh vaziri prezident etib saylandi  

Foto: AP

Vetnam Milliy majlisi (bir palatali parlamenti) bosh vazir Nguyen Suan Fukni mamlakatning yangi prezidenti etib sayladi. 2016 yildan bosh vazir lavozimini egallab kelgan 67 yoshli Fuk nomzodini parlamentning 97,5 foiz deputati qo‘llab-quvvatlagan.  

Fuk Vetnam Kommunistik partiyasi markaziy qo‘mitasi bosh kotibi Nguyen Fu Chong o‘rnini egalladi. O‘z navbatida kompartiya rahbari 2018 yil oktyabrda og‘ir kasallik sababli vafot etgan Chan Day Kuang o‘rnini egallab kelayotgandi.  

2021 yil yanvarda partiyaning 13-qurultoyida Nguyen Fu Chong navbatdagi 5 yilga kompartiya markaziy qo‘mitasining bosh kotibi lavozimiga qayta saylangan va o‘z nomzodini prezidentlikka ilgari sura olmagan. O‘sha qurultoyda 2021-2026 yillar uchun mamlakat rahbari lavozimiga bosh vazir Nguyen Suan Fuk nomzodi taklif qilingan. 

Yangi prezident ko‘p yillik tajribaga ega rahbar bo‘lib, 2006 yildan boshlab hokimiyatning markaziy organlarida faoliyat yuritib keladi. 

Top