12:08 / 06.04.2021
6231

Ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilar nechanchi sinfdan qabul qilinishi aytildi

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilar 5-, 7-sinflardan, shuningdek, bo‘sh o‘rinlarga qarab yuqori sinflarda ham qabul qilinishi mumkin.

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi axborot xizmati ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga nechanchi sinfdan o‘quvchilar qabul qilinishi haqida ma'lumot berdi.

O‘quvchilar agentlik tizimidagi Mirzo Ulug‘bek hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga 7-sinfdan qabul qilinadi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan IT maktabiga esa yo‘nalishidan kelib chiqib  5-sinfdan qabul qilinadi. Agar 6-9-sinflarda o‘quv yili davomida  bo‘sh o‘rinlar vujudga kelsa, ya'ni ushbu sinflarda o‘quvchilar o‘qishini boshqa maktablarga o‘zgartirish holatlari kuzatilsa, o‘sha sinflarga ham qo‘shimcha qabul e'lon qilinishi mumkin.

Ijod maktablariga o‘quvchilar 7-sinfga  qabul qilinadi. Shu bilan birga, 8-9-sinflardagi bo‘sh o‘rinlar to‘ldiriladi.

Bundan oldin, Prezident maktablariga imtihonlar qachon o‘tkazilishi ma'lum qilingandi.

Top