08:36 / 06.04.2021
617
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi nashrdan chiqdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganining 28 yilligi munosabati bilan «Qaraqalpaqstan» nashriyoti tomonidan Konstitutsiyasi nashrdan chiqdi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kengesi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yangi nashrda bir qancha o‘zgarishlar va qo‘shimchalar aks ettirilgan. 2021 yil 12 fevral kuni o‘tkazilgan Jo‘qorg‘i Kengesning 15-sessiyasida «Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun qabul qilinib, u asosida Konstitutsiyaga bir qator o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kiritilgan edi.

Masalan, Konstitutsiyasining 2-moddasidagi, 15-moddaning ikkinchi bo‘limidagi hamda 36-moddasi matnidagi «odamlar» degan so‘z «shaxslar» degan so‘z bilan almashtirildi. 70-moddaning 11-bandi, shuningdek, 103 va 104-moddalar olib tashlandi.

Ma'lumot uchun, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi 1993 yil 9 aprel kuni qabul qilingan. Bugunga qadar unga bir necha marta o‘zgarishlar va qo‘shimchalar kirgizilib, takomillashtirilib kelinmoqda.

Top