19:00 / 06.04.2021
2152
Royal Se Yevropaga muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kiritdi

Joriy yilning 1 aprel kuni Royal CE Yevropaga muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kiritdi. Endilikda Royal o‘z mahsulotlarini Yevropaning har qanday mamlakatiga eksport qilishga va faqat sertifikatlangan mahsulotlar tan olinuvchi bozorlarga chiqishga haqli.

Se (Conformité Européenne) abbreviaturasi fransuz tilidan Yevropaga muvofiq deb tarjima qilinadi. Ushbu tamg‘a Royal suv isitkichlari sifati Yevropa Ittifoqining barcha talablariga javob berishini anglatadi. Royal mahsulotlari bir qator amaliy sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi va quyidagi Direktivalarga muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘ldi:

1. 2014/30/ EU Elektromagnit moslashuv to‘g‘risida Yevropa Ittifoqi Direktivasi (Electromagnetic compatibility EMC).

Royal suv isitkichlari ishlashi davomida radio, telekommunikatsiya va boshqa uskunalarning ish faoliyatiga ta'sir qilishi mumkin bo‘lgan elektromagnit shovqinlarini hosil qilmaydi.

2. 2014/35/EU Past voltli uskunalarning elektr xavfsizligi bo‘yicha Yevropa Ittifoqi Direktivasi (Low Voltage Directive LVD).

Ushbu Direktiva odamlar va hayvonlarning hayoti va sog‘ligi, shuningdek mulk uchun elektr asboblaridan foydalanish xavfsizligini yaxshilashga qaratilgan. Bu degani Royal mahsulotlari to‘g‘ri o‘rnatilganda va ishlatilganda, iste'molchilar uchun elektr tokidan, yuqori harorat yoki nurlanishdan mutlaqo xavfsiz.

O‘z ustida muntazam ishlab, mahsulot sifatini doimiy ravishda yaxshilab borayotgan Royal korxonasi kundan kunga rivojlanib bormoqda, CE Yevropaga muvofiqlik sertifikati esa buning yaqqol dalilidir. Kelgusida Royal yanada ko‘proq muvaffaqiyatlarga erishishni va iste'molchilarga bundan-da sifatli va zamonaviy mahsulotlarni taqdim etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Reklama huquqi asosida

Top