14:15 / 06.04.2021
6608

Shahrisabz shahriga vaqtinchalik hokim bo‘lgan qiz rahbarlikka tayinlandi

Joriy yil yanvar oyida 10 kun davomida Shahrisabz shahar hokimi vazifasini bajargan Sabrina Tursunova rahbarlik lavozimiga tayinlangan.

Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati boshqarmasining ma'lum qilishicha, Sabrina Tursunova agentlikning Shahrisabz shahar bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlangan.

S.Tursunova 1996 yil Shahrisabz shahrida tug‘ilgan. 2016–2020 yillarda O‘zbekiston davlat Jahon tillari universitetida tahsil olgan.

U 2020 yildan buyon Shahrisabz shahridagi 11-umumiy o‘rta ta'lim maktabida rus tili fani o‘qituvchisi vazifasida ishlab kelgan.

Ma'lumot uchun, Sabrina Tursunova joriy yil yanvar oyida 10 kun muddatda tajriba tariqasida Shahrisabz shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajargan edi.

Mavzuga oid
Top