15:03 / 07.04.2021
15848

Eng ko‘p milliarder yashaydigan shahar nomi ma'lum bo‘ldi

O‘tgan yili Xitoy poytaxtida 33 nafar yangi milliarder paydo bo‘lgan. Pekinning eng boy insoni ByteDance kompaniyasi asoschisi Chjyen Imin hisoblanadi. Uning boyligi 35,6 mlrd dollarni tashkil etadi.

Pekin dunyodagi eng ko‘p milliarder yashaydigan shaharga aylandi. O‘tgan yili bu yerda yashaydigan milliarderlar soni 100 nafarga yetgan. Bu Forbes jurnali bergan ma'lumotda aks etgan.

Qayd etilishicha, o‘tgan yili Xitoy poytaxtida 33 nafar yangi milliarder paydo bo‘lgan. Pekinning eng boy insoni ByteDance kompaniyasi asoschisi Chjyen Imin hisoblanadi. Uning boyligi 35,6 mlrd dollarni tashkil etadi.

Undan keyingi o‘rinni 99 nafar milliarder bilan Nyu-York egalladi. Bu shaharda o‘tgan yili milliarderlar safiga yana yetti kishi qo‘shilgan. Nyu-Yorkdagi eng boy inson esa shaharning sobiq meri va biznesmen Maykl Blumberg bo‘lib, uning boyligi 59 mlrd dollar.

Shu bilan birga, AQSh milliarderlar soni bo‘yicha yetakchi bo‘lib turibdi (724 nafar). Xitoy Hongkong va Makaoni qo‘shib hisoblaganda ikkinchi o‘rinda (698 nafar). Keyingi o‘rinlarni Hindiston (140), Germaniya (136) va Rossiya (117) egallagan.

Top