08:03 / 07.04.2021
937
Farg‘ona viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining sudyasi tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda kengash axborot xizmati.

Ta'kidlanishicha, Kengash vakolati doirasidagi qator masalalarni ko‘rib chiqqan. Jumladan, mart oyida vakolat muddati tugagan 4 nafar sudyani navbatdagi 10 yillik muddatda tayinlash masalasi ham muhokama qilingan.

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan Abrorbek Azimovich Karimov - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Farg‘ona viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga;

Qobuljon G‘ulomjon o‘g‘li Abdullayev - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining sudyasi lavozimiga tayinlangan. 

Top