22:46 / 07.04.2021
3192
Suv xo‘jaligi vazirligining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilab berildi

O‘zbekiston prezidenti «Suv resurslaridan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi va nazorat tizimini yanada takomillashtirish hamda suv xo‘jaligi obektlari xavfsizligini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Farmon bilan Suv xo‘jaligi vazirligining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilab berildi.

Suv xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston Respublikasida barcha suv resurslarini hisobga olish hamda suvdan foydalanish va suv iste'moli samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tadbirlarni muvofiqlashtirish, shuningdek, suv balansini shakllantirish bo‘yicha vakolatli davlat organi etib belgilandi. 

Hujjatga muvofiq, Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xo‘jaligi obektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi etib qayta tashkil etildi.

Suv xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligining:

  • Jahon banki loyihalarini amalga oshirish guruhi, Osiyo taraqqiyot banki loyihalarini amalga oshirish guruhi va Arab muvofiqlashtirish guruhi loyihalarini amalga oshirish guruhi negizida Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazini;
  • Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini amalga oshirish agentligini tashkil qilish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullandi.
Top