15:30 / 07.04.2021
7225
Xitoy Turkiya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatmoqda

Bunga Turkish Airlines samolyotida kelganlarda koronavirus aniqlangani sabab bo‘lgan. Aviakompaniyaning 24  mart kuni kelgan reysida 14 nafar yo‘lovchida koronavirusga test musbat chiqqan.

Foto: Reuters

Xitoy o‘z fuqarolarining Turkiyaga borishini taqiqlamoqchi  hamda Turkiyadan parvozlarni to‘xtatmoqchi, deb xabar berdi Xinhua agentligi.

Xitoy fuqaro aviatsiyasi boshqarmasining ma'lum qilishicha, Turkiya havo yo‘llariga 19 apreldan boshlab to‘rt hafta davomida Xitoyga parvozlarni to‘xtatib turish aytilgan.

Bunga Turkish Airlines samolyotida kelganlarda koronavirus aniqlangani sabab bo‘lgan. Aviakompaniyaning 24 mart kuni kelgan reysida 14 nafar yo‘lovchida koronavirusga test musbat chiqqan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirus yuqtirish holatlari ko‘paymoqda. O‘tgan sutkada mamlakatda 49584ta yangi holat qayd etilgan, 211 kishi koronavirusdan vafot etgan.

Top