17:35 / 08.04.2021
3754

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ: «INNOPROM-2021» doirasida nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari yangi markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdilar

Shu kunlarda Toshkentning «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar majmuasida o‘tkazilayotgan «INNOPROM. O‘zbekistonda katta sanoat haftaligi» xalqaro sanoat ko‘rgazmasiga tashrif buyurgan bir guruh nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari mamlakatimizda energetika sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishish istagini bildirdilar. 

Xususan, «Rosneft» kompaniyasi eks-prezidenti Sergey Bogdanchikov, Qirg‘iziston Respublikasi energetika va sanoat vaziri Kubanichbek Turdubayev boshchiligidagi delegatsiya a'zolari «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning «Elektr energiyasini hisobga olishni avtomatlashtirish Markazi»da bo‘lib, bu yerda tashkil etilgan zamonaviy ish jarayonlarini yaqindan kuzatdilar.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Matbuot xizmati

Top