10:08 / 08.04.2021
19198

Koronavirus: So‘nggi bir kunda 200ga yaqin holat aniqlanib, bir bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda 200ga yaqin kishida koronavirus qayd etilib, yana 1 nafar bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2021 yil 7 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 84322 (+195) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 2 nafari Andijon viloyatida,
  • 9 nafari Buxoro viloyatida,
  • 18 nafari Samarqand viloyatida,
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 3 nafari Farg‘ona viloyatida, 
  • 1 nafari Xorazm viloyatida,
  • 24 nafari Toshkent viloyatida,
  • 132 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Buxoro viloyatida 7 nafar,
  • Samarqand viloyatida 4 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 21 nafar,
  • Toshkent viloyatida 18 nafar,
  • Toshkent shahrida 129 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 82234 (+179) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 634 nafarga etdi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 1454 nafar bemor davolanmoqda, shundan 229 nafari og‘ir, 104 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top