20:00 / 08.04.2021
8683
O‘zbekistonda farmatsevtika sohasini rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi

2021 yil 31 mart kuni Toshkent farmatsevtika instituti va O‘zbekiston farmatsevtika bozorida yetakchilardan biri hisoblangan «Grand Pharm Trade» kompaniyasi o‘rtasida «Respublika farmatsevtika bozori uchun kadrlar tayyorlash sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida»gi memorandum imzolandi.

Mazkur memorandum talabalar uchun amaliy mashg‘ulotlar, bakalavrlarga stipendiya va homiylik, magistrlar uchun «Grand Pharm Trade» xodimlari bilan birgalikda tijorat loyihalarida ishlash, shuningdek, institut olimlari (doktorantlari) uchun tadqiqot dasturlarida ishtirok etish imkoniyatlarini yaratadi.

Shuningdek, kompaniya tomonidan talabalar kirib tanishishlari va amaliy mashg‘ulotlar olib borish uchun baza taqdim etiladi. Ular orasidan eng yaxshi va eng istiqbolli deb topilgan amaliyotchilar shu sohadagi yetakchi kompaniyalarda ish bilan ta'minlanadi, bu hozirgi sharoitda ayniqsa muhimdir.

Shu bilan birga, ushbu kompaniya respublikamizdagi va xorijdagi yetakchi mutaxassislar ishtirokida seminar va konferensiyalar o‘tkazish uchun to‘liq o‘quv platformasi yaratish, hamda «Dorixona tarmog‘ining chakana savdo standartlari» darslarini bepul tashkil etishga mo‘ljallangan maxsus dorixona savdo maydonchasi uchun jihozlangan o‘quv sinfini yaratishni rejalashtirmoqda.

Dunyo aholisi va umr ko‘rish davomiyligi muttasil o‘sib borayotgan hozirgi davrda farmatsevtika sanoati alohida o‘rin tutadi. Ushbu sohada ilmiy-tadqiqot va namunali dizayn yaratish bo‘yicha dunyodagi eng ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish va jahon sanoat standartlariga javob bera oladigan mutaxassislarni tayyorlash kerak.

«Oliy o‘quv yurti bilan hamkorlik talabalar ta'limi samaradorligini oshirish uchun ham, bizning tashkilotimiz o‘rtasidagi turli xil hamkorlik sxemalarini joriy etish orqali farmatsevtika mahsulotlari va xizmatlari sifatini oshirish uchun ham a'lo natija beradi. O‘ylaymanki, bunday hamkorlik zamonaviy voqelikka mantiqan to‘g‘ri keladi, chunki kompaniya oliy o‘quv yurtining akademik ta'limi bilan bir qatorda ushbu sohadagi barcha ilg‘or o‘quv va amaliy ishlanmalarni taqdim etishi mumkin», - dedi kompaniya rahbari.

Reklama huquqi asosida

Top