16:48 / 08.04.2021
10187
Rossiya mudofaa vazirligi Qora dengizga 10dan ortiq kater va kemalarini jo‘natdi 

Xabar qilinishicha, Kaspiy flotiliyasi katerlari ekipaji Qora dengiz floti kuchlari bilan hamkorlikda dengizda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda qatnashadi. 

Foto: wikipedia.org

Rossiya Kaspiy flotiliyasining o‘ndan ortiq desant va artilleriya katerlari hamda kemalarini Qora dengizga jo‘natdi. Bu haqda Rossiya janubiy harbiy okrugi matbuot xizmati xabar berdi

Xabarda aytilishicha, Kaspiy flotiliyasi katerlari ekipaji Qora dengiz floti kuchlari bilan hamkorlikda dengizda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda qatnashadi. 

Shu bilan bir vaqtda, 8 aprel kuni Ukraina harbiy-dengiz floti Qora dengizda mashg‘ulotlar o‘tkazishni boshlagani xabar qilindi.  

6 aprel kuni Rossiya qurolli kuchlarining jangovar tayyorgarligini tekshiruvdan o‘tkazish boshlangandi.  

Ma'lumot berilishicha, aprel oyida turli miqyosdagi 4 mingdan ortiq mashg‘ulot o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar barcha harbiy okruglar va Shimoliy flotda bo‘lib o‘tadi. Qo‘shimcha qilinishicha, barcha turdagi qo‘shinlar tekshiriladi. 

Top