09:43 / 08.04.2021
914
Samarqandda fermerning o‘g‘li otasiga tegishli yerni sotayotganda ushlandi

Samarqand viloyati Urgut tumanida fermer xo‘jaligi rahbarining o‘g‘li otasi tasarrufida bo‘lgan yer maydonidan bir qismini sotayotgan paytda ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Urgut tuman bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, shu tumanda yashovchi fuqaro A.E. otasi rahbarlik qiladigan «O.S.» fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan 1,2 gektar yer maydonini sotayotganda ushlangan.

Qayd etilishicha, u fuqaro U.S.ning ishonchiga kirib, yerni uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 14 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan fuqaro A.E.ga nisbatan jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top