07:51 / 08.04.2021
83072
Uzbekistan Airways Moskvaga aviachipta narxi qanday bo‘lishini ma'lum qildi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Moskvaga muntazam reyslar uchun chiptalar narxini e'lon qildi.

Kompaniya axborot xizmatining xabar berishicha, Toshkent va Moskva o‘rtasidagi reys uchun chipta narxi 4,2 million so‘mdan oshmaydi.

7 aprel kuni Uzbekistan Airways 2021 yilning aprel oyidan boshlab, Toshkent - Moskva - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar qayta joriy etilishi to‘g‘risida xabar berdi.

Xabarda ma'lum qilinishicha, parvozlar har haftaning shanba kunlari amalga oshiriladi.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha uchishni boshlash uchun Rossiyaga parvozdan avval 3 kalendar kunidan oshmagan manfiy natijali PZR testi ma'lumotnomasi talab etiladi.

Reyslarda O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari va Rossiyaga kirishga cheklov qo‘yilmagan O‘zbekistonda doimiy yashash huquqiga ega chet el fuqarolari uchishi mumkin.

Top