15:19 / 08.04.2021
14322

Yetti nafar qozog‘istonlik dunyoning eng boy odamlari reytingidan joy oldi 

Tadbirkor Vladimir Kim 4,6 mlrd dollar boylik bilan 622-o‘rinda joylashdi.  

Yetti nafar qozog‘istonlik «Forbes» jurnalining eng boy odamlar ro‘yxatidan joy oldi, deb yozadi nur.kz

Qayd etilishicha, tadbirkor Vladimir Kim 622-o‘rinda joylashdi. Uning boyligi miqdori 4,6 mlrd dollar deb baholanmoqda. 

Vladimir Kim

Tadbirkor Bulat Utemuratov reytingning 891-pog‘onasini egalladi. Uning boyligi 3,4 mlrd dollarga teng. 

Bulat Utemuratov

Kaspi.kz hammuassisi Vyacheslav Kim 3,3 mlrd dollar boylik bilan 925-o‘rindan joy oldi. 

Vyacheslav Kim

Uning hamkori Mixail Lomtadze esa 956-pog‘onani band etdi. Lomtadzening boyligi 3,2 mlrd dollarni tashkil etadi. 

Mixail Lomtadze

Timur va Dinara Kulibayevalar 1111-o‘rinda bo‘lib, har birining boyligi 2,8 mlrd dollardan deb baholangan. 

Timur Kulibayev

Freedom Holding Corp egasi Timur Turlov reytingda 1517-o‘rinni egalladi. Uning boyligi 2,2 mlrd dollarga teng. 

Timur Turlov

Avvalroq eng ko‘p milliarder yashaydigan shahar nomi ma'lum qilingandi.

Top