07:22 / 08.04.2021
3440
Zarafshonda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan «gorono» xodimiga ma'muriy ish qo‘zg‘atildi

5 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Zarafshon shahar prokuraturasi tomonidan xalq ta'limi xodimlari uyma-uy yurishga va o‘quvchilarning oilaviy ahvoliga oid dalolatnomalarni to‘ldirishga jalb qilinayotganligi haqidagi xabarlar tarqalgandi. 

Navoiy viloyati prokuraturasi mazkur xabarni rad qilib, shahar prokuraturasi tomonidan bunday topshiriq va ko‘rsatma berilmaganligini, holat yuzasidan o‘rganish o‘tkazilayotganligini bildirgan edi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, o‘qituvchilarga ushbu topshiriqni Zarafshon shahar Xalq ta'limi bo‘limi ma'naviy axloqiy tarbiya va bolalarni ijtimoiy himoya qilish shu'ba rahbari Sh.N. berganligi aniqlandi. U yotoqxonalarda yashovchi o‘quvchilarning ijtimoiy ahvolini o‘rganish, uylariga borib, ularning yashash sharoiti bilan tanishish maqsadida anketa so‘rovnoma ishlab chiqqan.

Ushbu anketa so‘rovnomasini to‘ldirishga shahar Xalq ta'limi bo‘limi tasarrufidagi umumta'lim maktabi xodimlari jalb qilingan. Maktab xodimlarini majburiy mehnatga jalb qilgan Sh.N.ga nisbatan ma'muriy ish qo‘zg‘atilgan.

Top