07:43 / 09.04.2021
2099
Bugun O‘zbekiston bo‘yicha quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda 

Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 21-26 daraja issiqni tashkil etadi.

Poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 22-24 daraja issiq atrofida bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 14-19 daraja iliq bo‘ladi.

Top