20:44 / 09.04.2021
3547
Chilonzorda oziq-ovqat do‘koni va tikuvchilik sexida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi ikki obektda yong‘in kelib chiqdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berishicha, 9 aprel kuni soat 18:49da Toshkent shahar Chilonzor tumani Navbahor ko‘chasi «Charxi Komolon» MFY hududidagi oziq-ovqat do‘koni va tikuvchilik sexida yong‘in kelib chiqqan.

Hodisa yuzasidan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 18:55 da voqea joyiga yetib borgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in 19:14da o‘rab olinib, 19:25da to‘liq bartaraf etildi.

Yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda.

Top